Biz kichik va o’rta biznes iqtisodiyotning tayanchi ekanligini tushunamiz, shuning uchun biz ularning o’sishi va kengayishi tarafdorimiz va ularning rivojlanishini qo’llab-quvvatlaymiz. Bizning maqsadimiz mijozlarimizga biznes maqsadlariga erishishda yordam berish, ularni maqsadlari sari yo’naltirish. Jumladan, biz quyidagi xizmatlarni taklif qilamiz:
● Biznes-rejani tayyorlash va amalga oshirish
Biz tadbirkorlarga biznes-rejalarni ishlab chiqishda, biznesni kontseptsiyadan boshlab va uni amalga oshirishgacha, shuningdek, rentabellik va o’sishni ta’minlash uchun strategiyalarni ishlab chiqarish va uni tadbiq etishga yordam beramiz.
● Moliyaviy maslahat
Biz tadbirkorlarga o’z bizneslarining moliyaviy jihatlari bo’yicha amaliy takliflar kiritamiz. Jumladan, biz byudjetlashtirish, shuningdek, moliyaviy investitsiyalar va mablag’larni boshqarish bilan shug’ullanamiz.
UniFin Advisory shuningdek, quyidagilar uchun yechimlarni taklif qiladi:
● Birlashish va sotib olish
● Strategiya ishlab chiqish
● Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi
● MHXSga o’tish
Mijozlarimiz muvaffaqiyati bizning muvaffaqiyatimizni belgilaydi.