UniFin Advisory – buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqaruv konsaltingi, risklarni boshqarish va boshqa xizmatlarni turli hil mijozlar uchun taklif qiladi.
Bizning biznes modelimiz va tarkibiy tuzilmamiz belgilangan vazifalarga eng maqbul yechim topish uchun xodimlarimiz va mijozlar o’rtasidagi yaqin hamkorlikka asoslangandir.
UniFin Advisory keng doiradagi mintaqaviy va xalqaro mijozlar, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o’rta biznes, turli kompaniyalar, banklar, davlat organlari hamda xalqaro moliya tashkilotlariga o’z xizmatlarini taklif qiladi.
Bizning bilim va tajribamiz mijozlarimiz biznesining uzoq muddatli va barqaror rivojlanish istiqbollarini aniqlashga yordam beradi.